Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Nurlan Baybazarov 10 mingdan ortiq aholisi bor qishloqlar shahar maqomini olishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 10 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan 112 ta qishloq bor.
“Shundan 18 ta aholi punktida 30 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Qonunchilikda ularning maqomini o‘zgartirish mexanizmlari ko‘zda tutilgan. Masalan, agar aholi soni uch yil ichida 10 ming kishidan oshsa, viloyat maslixati ushbu qishloqlar maqomini o‘zgartirib, ularga shahar maqomini berish huquqiga ega”, — dedi Baybazarov.
Unga ko‘ra, tegishli normaga ega qonun 2021-yilda kuchga kirgan.
“Hozirda viloyat hokimliklarida murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda. Ammo hozircha aniq qaror qabul qilingani yo‘q, ish olib borilmoqda. Aholisi uch yil ichida 10 mingga yetsa, aholi punktiga shahar maqomi berilishi mumkin. Tegishli qaror viloyat hokimliklari tomonidan qabul qilinadi”, — dedi milliy iqtisodiyot vaziri.
Izoh (0)