Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga 2024-yil 1-maydan muddatsiz moratoriy joriy qilinadi.
Prezidentning 11-martdagi farmoni bilan “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
Farmonga ko‘ra, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik ham kuchaytiriladi.
Sirdaryo daryosining yuvilgan qirg‘oqlarini mustahkamlash, qirg‘oq bo‘yi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Bundan avval Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga 2024-yil 1-maydan muddatsiz moratoriy joriy qilingandi.
Izoh (0)