O‘zbekistonda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar qanday tartibda aniqlanishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Hukumat qarori bilan “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni e’tirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi. Unga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritish, individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish rejasini shakllantirish hamda ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning samaradorligini monitoring qilish tartibi belgilandi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining mahallalardagi ijtimoiy xodimi, patronaj hamshira va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni doimiy aniqlash ishlarini amalga oshiradi va bunday shaxslarni Reyestrga kiritish bo‘yicha “Inson” markaziga so‘rovnoma kiritadi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar quyidagi tartibda aniqlanadi:
mahalladagi ijtimoiy xodim, patronaj hamshira va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi tomonidan xizmat vazifalarini amalga oshirish, jumladan, uyma-uy yurish natijasida shakllantirilgan so‘rovnomaga asosan;
yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” ATga yuborilgan keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning qonuniy vakillarining yoki boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan.
Izoh (0)