Italiyada boks bo‘yicha jahon litsenzion turniri bo‘lib o‘tdi.
![](/static/2024/03/12/photo_2024-03-12_01-44-03-dUZTsrdr.jpg)
Boks bo‘yicha jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg) musobaqaning hal qiluvchi bosqichida iordaniyalik Ziyad Ishaishni mag‘lub etib, Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
![](/static/2024/03/12/photo_2024-03-12_01-42-44-dYov9uAs.jpg)
Shuningdek, Xanchjou—2022 Osiyo o‘yinlari bronza medali sohibi To‘rabek Habibullayev (-80 kg) kolumbiyalik Xuan Ortisdan ustun kelib, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchilari qatoridan joy oldi.
Avvalroq, Ruslanbek Abdullayev, Lazizbek Mullajonov hamda Sabina Boboqulovalar litsenzion turnirda Parij—2024 yo‘llanmasiga ega chiqqandi.
Izoh (0)