29-fevral kuni Isroil va G‘azo sektori o‘rtasidagi Kerem Shalom chegara punktida Isroil bayroqlarini tutgan namoyishchilar yordam yuklarini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, isroilliklar to‘sib qo‘ygan yo‘lni kesib o‘ta olmagan yuk mashinalari ortga qaytgan. Shimoliy G‘azoga jo‘natilishi kerak bo‘lgan yuklar manzilga yetib bormagan.
Yuk mashinalariga qarshilik qilgan namoyishchilar HAMAS tomonidan asir olinganlarni ozodlikka chiqarishni talab qilishgan. Ushbu ko‘rinishdagi harakatlar butun Isroil bo‘ylab davom etayotgani xabar qilingan.
BMT maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda G‘azoga gumanitar yordam hajmi ikki barobar kamaygan. Yarim milliondan ortiq aholi ocharchilik sharoitida yashamoqda.
Isroillik namoyishchilar asirlar qaytarilmaguncha, G‘azoga hech qanday yordam o‘tkazilmasligidan ogohlantirgan Isroil hukumati fuqarolarining harakatlariga nisbatan munosabat bildirmagan.
Izoh (0)