“O‘zaviatsiya” agentligi Turkiyaning AJet aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berilganini e’lon qildi.
Ruxsatnoma O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida 21-fevral kuni berildi.
Aviakompaniya B737-800 samolyotlarida Anqara—Toshkent—Anqara yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni amalga oshiradi.
AJet (sobiq AnadoluJet) — bosh qarorgohi Anqarada joylashgan Turkish Airlines loyihasi bo‘lgan aviakompaniya. 2023-yilning aprelida Anqaradan Toshkentga qatnovlarni amalga oshirgan.
2023-yil fevral oyida Turkish Airlines AnadoluJet’ni AJet havo transporti aksiyadorlik kompaniyasi nomi ostida mustaqil aviakompaniyaga aylantirgan.
Izoh (0)