Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirligi mamlakatning asosiy savdo hamkorlarini e’lon qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yil yakuniga asosan Qozog‘istonning tovar aylanmasi 139,8 milliard dollarni tashkil qilgan. Xitoy Qozog‘istonning asosiy savdo sherigiga aylangan. Uning respublika tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmidagi ulushi 31,5 milliard dollarni tashkil etadi.
Keyingi o‘rinlarni Rossiya (26 milliard dollar), Italiya (16,1 milliard dollar), Janubiy Koreya (6 milliard dollar) va Turkiya (6 milliard dollar) egallagan.
Qozog‘istonning o‘tgan yilgi jami eksportining asosiy qismini (xom) neft va neft mahsulotlari tashkil etgan. Importning eng mashhur toifalari, o‘z navbatida, asbob-uskunalar va elektrotexnika, avtotransport vositalari va ehtiyot qismlari, shuningdek, qimmat bo‘lmagan metallardir.
Izoh (0)