“O‘zgidromet” 19—21-fevral kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19—20-fevralda 11-16 daraja sovuq, 21-fevralda 7-12 daraja sovuq, kunduzi 19-fevralda 0-5 daraja sovuq, 20—21-fevralda 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi; Ustyurtda kechasi 19—20-fevralda 15-20 daraja sovuq, 21-fevralda 10-15 daraja sovuq, kunduzi 19-fevralda 3-8 daraja sovuq, 20—21-fevralda 0-5 daraja sovuqqacha tushadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 19—20-fevral kunlari yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 19—20-fevralda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 21-fevralda 1-6 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 19-fevralda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 20—21-fevralda 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-fevralda baʼzi joylarda qor yog‘adi. 20-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida baʼzi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, 21-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. 19—20-fevralda yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 19-fevralda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 20—21-fevralda 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-fevralda baʼzi joylarda qor yog‘adi. 20—21-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 19—20-fevral kunlari yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 19-fevralda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 20—21-fevralda 3-8 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-fevralda baʼzi joylarda qor yog‘adi. 20—21-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 19—20-fevral kunlari yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 19-fevralda 0-5 daraja iliq; 20—21-fevralda 5-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 19-fevralda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 20-fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 21-fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.
Avvalroq “O‘zgidromet” 17-fevral kuni yomg‘ir, qor yog‘ishi ehtimoli bor hududlarni ma’lum qilgandi.
Izoh (0)