Ozarbayjon va Armaniston chegarada harbiy xizmatchilarning halok bo‘lishi va yaralanishiga sabab bo‘lgan snaryadlar yuzasidan bir-birini ayblamoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.
13-fevral kuni ertalab Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan o‘t ochilishi natijasida ikki arman harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini maʼlum qildi.
O‘z navbatida, Ozarbayjon Davlat chegara xizmati chegaraning tegishli uchastkasida Armaniston tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida bir askar yaralanganini xabar berdi. Bu Ozarbayjonning 2023-yil sentyabrida Tog‘li Qorabog‘ni qaytarib olish bo‘yicha harbiy operatsiyasidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi eng jiddiy chegara mojarosidir.
Avvalroq Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan tinchlik shartnomasini imzolash uchun asosiy shart-sharoitlar allaqachon yaratilganini aytgan. Shu bilan birga, Armaniston ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik shartnomasining ayrim bandlari bo‘yicha Ozarbayjonning pozitsiyasida qarshi harakatlar borligini eʼlon qilgan.
2023-yilning 7-dekabr kuni Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari qo‘shma bayonot imzolab, unda munosabatlarni normallashtirish va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelgusidagi qadamlar eʼlon qilingan edi.
Izoh (0)