Mamlakatda yanvar oyida yillik inflyatsiya 0,2 foizga pasaygan. Biroq tovarlar va xizmatlar narxlari o‘sgan. Bu haqda Statistika agentligi eʼlon qilgan press-relizda yozilgan.
Joriy yilning yanvarida oylik inflyatsiya 0,6 foizni, yillik inflyatsiya 8,6 foizni tashkil etdi.
O‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,4 foizga, xizmatlar narxlari 0,9 foizga o‘sgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yildagi eng yuqori inflyatsiya ko‘rsatkichi yanvar va fevral oylarida kuzatilgan va 12,2 foizni tashkil etgan.
Oylik inflyatsiyaning yuqori o‘sishi sentyabr va dekabr oylarida kuzatilgan. O‘tgan yilning dekabr oyida yillik inflyatsiya 8,8 foiz bo‘lgan.
Avvalroq Markaziy bank 2024-yilda umumiy inflyatsiya 8-9 foiz darajasida shakllanishini prognoz qilgandi.
Izoh (0)