Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 6,89 so‘mga ko‘tarilib, 12 464,91 so‘m bo‘ldi. Yevro 24,87 so‘mga oshib, 13 440,91 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,15 so‘mga tushib, 136,59 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 458,02 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)