AQSHning tijorat neft zaxiralari o‘tgan haftada 5,52 million barrelga oshib, 427,43 million barrelga yetdi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligining haftalik hisobotida aytiladi.
Benzin zaxiralari 3,15 million barrelga qisqardi va 250,99 million barrelni tashkil etdi.
Tijoriy distillyat zaxiralari esa 3,22 million barrelga qisqarib, 127,57 million barrelga yetdi.
Mutaxassislar neft zaxiralarining 2,07 million barrelga, benzin zaxiralarining esa 1,5 million barrelga oshishini va distillyat zaxiralarining 2,5 million barrelga qisqarishini kutgan edi.
Izoh (0)