Prezident raisligidagi yig‘ilishda raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida vazirlik hamda idoralar oldida turgan vazifalar belgilab olindi.
Xabarga ko‘ra, hududlar va tarmoqlar rahbarlari raqamlashtirishda keskin o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, hududlarda 53 ming nafar yosh IT bilan mustaqil shug‘ullanib, dasturiy mahsulot yaratyapti.
Ularning faoliyatini kengaytirishga turtki beradigan yaxlit tizim yaratish zarurligi ta’kidlandi. IT park davlat bergan imtiyozni rezidentlarga taqdim qilish bilangina cheklanmay, mahalliy dasturchilarimizni xorijiy kompaniyalarga tanishtirish, ularga katta-katta buyurtmalar olib berishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Hokimlarga joriy yilda 30 ming nafar yoshni ingliz va nemis tiliga o‘rgatib, ITga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy ishlarni tezroq boshlashga ko‘rsatma berildi.
Izoh (0)