O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubiga o‘tdi.
Bu haqida Eron klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Masharipov “Istiqlol” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Futbolchi yaqin 2-3 kunda Tehronga tibbiy ko‘rikdan o‘tish va bitimga imzo chekish uchun boradi.
“Istiqlol” hozirda Eron Pro Ligasida ortda qolgan 15 turdan so‘ng 32 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda bormoqda.
Jaloliddin yaqinda Gretsiyaning “Panserraykos” klubi bilan bitimni bekor qilgandi.
Izoh (1)
Машарипов УЗБЕКИСТОНДА колгани яхшиди.