Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, kinoyulduzlar qanday kinolarni sevib tomosha qiladi? Ular badiiy filmlarni qanday mezonlarga ko‘ra tanlaydi? Quyida Gollivud yulduzlari qaysi filmlarni sevib tomosha qilishi haqida hikoya qilamiz.
Vin Dizel
![](/static/2024/01/30/photo_4_2024-01-30_21-35-24-JFUqGHIe.jpg)
Vin Dizel “Forsaj”, “Riddik”, “Uch iks: Dunyo hukmdorligi” kabi jangari filmlardagi ishtiroki bilan muxlislarga yaxshi tanish. U Sindi Perlman muallifligidagi “Siz buni ko‘rishingiz kerak” kitobida o‘zining sevimli filmi “Shamollarda qolgan hislarim” filmi ekanligini aytganida ko‘pchilik ajablangan edi. “Shamollarda qolgan hislarim” filmi Margaret Mitchellning xuddi shu nomdagi romani asosida suratga olingan muhabbat haqidagi mashhur filmlardan biridir.
Aktyorga ayniqsa Vivien Li o‘ynagan bosh qahramon juda yoqqan. Vin Dizel o‘zining noodatiy tanlovi haqida shunday deydi:
“Men epik romantikani yaxshi ko‘raman. Katta ekranda bundan ham yaxshiroq sevgi tarixi bo‘lganmi? Aytishim mumkinki, men Vivien Lini sevib qolgandim. U juda chiroyli edi”.
Morgan Friman
![](/static/2024/01/30/photo_1_2024-01-30_21-35-24-TgYWYzyU.jpg)
“Rotten Tomatoes” nashri aktyor bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida undan sevimli filmlarini sanab berishini so‘ragan. Ro‘yxat aktyorga kino haqidagi tushunchalarini shakllantirishga yordam bergan “King Kong” (1933), “Tushdan keyin”, “Mobi Dik”, “Jinoyatchi Josey Uels” klassikalardan iboratligini aytgan.
Lekin aktyorning ro‘yxatida Nikol Kidman va Yuen Makgregor ishtirok etgan “Mulen Ruj” musiqiy filmi alohida o‘rin egallaydi. Morgan Frimanning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kinoloyihada hamma narsa mukammal bo‘lgan: aktyorlik mahorati, sahna ko‘rinishi va sujet. Shuning uchun u “Mulen Ruj” filmi haqli ravishda “XXI asrning eng yaxshi filmlari” ro‘yxatida deb hisoblaydi.
Emma Stoun
![](/static/2024/01/30/photo_6_2024-01-30_21-35-24-N5AKUIRN.jpg)
“La La Lend”, “Oqsoch xonim” va “Zombilendga xush kelibsiz” filmlarning yulduzi Emma Stounning eng yaxshi ko‘rgan filmi Charli Chaplinning “Katta shahar chiroqlari” komediyasi hisoblanadi.
Kartina sujeti ko‘zi ojiz qiz bilan tanishgan yigitning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Go‘zal qiz uni gersog deb qabul qiladi. Yigit sevgilisining ko‘zini davolash uchun qimmat operatsiyaga muhtojligini biladi. Shuning uchun u kerakli miqdordagi summani qidirishga tushadi.
Emma Stoun “Katta shahar chiroqlari” filmini birinchi marta 14 yoshida ko‘rgan. Uni Chaplinning ijodi bilan o‘sha paytda unga juda yaqin bo‘lgan, keyinchalik munosabatlari ayro tushgan odam tanishtirgan. U filmning oxirini tez-tez tomosha qilishini va uni kino tarixidagi eng yaxshi film deb hisoblashini aytgan.
Jennifer Lopes
![](/static/2024/01/30/photo_5_2024-01-30_21-35-24-1hhTZ8yn.jpg)
Jennifer Lopes musiqada ham, aktyorlikda ham muvaffaqiyatga erishgan. U “Oqsoch xonim”, “Parker” va boshqa ko‘plab filmlardagi ishtiroki bilan muxlislar mehrini qozongan. U Intervyularidan birida o‘smirlik yillarida “Vestsayd hikoyasi” (1961) kartinasini 30 marta tomosha qilganini aytgan. Ulg‘aygach ham Jerom Robbins va Robert Uayzning ajoyib ijrosini tomosha qilishdan zerikmasligini taʼkidlagan.
Musiqiy dramaning sujeti Shekspirning “Romeo va Julietta” romani asosida yaratilgan. Manhettendagi ikki ko‘cha bezorisi — Jets va Sharks o‘rtasidagi doimiy qarama-qarshilikdan iborat bo‘ladi. Bu qarama-qarshilik ularning farzandlarini ham chetlab o‘tmaydi, lekin ular bir-birini sevib qoladi...
Leonardo Di Kaprio
![](/static/2024/01/30/photo_3_2024-01-30_21-35-24-NHz5sK84.jpg)
Robert De Niro rejissor Martin Skorseze bilan uzoq yillar hamkorlik qilib kelgan. Keyinchalik, De Nironing tavsiyasiga ko‘ra, uning o‘rniga Leonardo Di Kaprio keladi. Undan sevimli filmlari haqida so‘rashganda, u o‘zining birinchi kinoloyihasi “Taksichi” filmini ataganida hech kim ajablanmagan bo‘lsa kerak. Film rejissor Skorseze tomonidan suratga olingan klassik film bo‘lib, Robert De Niro tunda Nyu-York shahrida taksichilik qilib zulmat va umidsizlikka duch keladigan Trevis Bikl rolini o‘ynagan.
Tom Henks
![](/static/2024/01/30/photo_2_2024-01-30_21-35-24-DUPdayO3.jpg)
Tom Henks — Gollivudning eng tajribali aktyorlaridan biri bo‘lib, uning filmlari tomoshabinlar tomonidan sevib tomosha qilinadi. 2008-yilda u Stenli Kubrikning “2001: Kosmik Odisseyi” nomli filmining 40 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Film nafaqat kino sanoatiga balki Tom Henksning o‘ziga ham sezilarli taʼsir ko‘rsatgan.
Aktyorga Kubrik tomonidan yaratilgan, har bir kishi o‘zi uchun yangi nimadir olishi mumkin bo‘lgan hikoyalar yoqadi. Henksning so‘zlariga ko‘ra, u “2001: Kosmik Odisseyi”ni necha marta tomosha qilmasin, keyingi tomosha paytida oldin anglamagan narsani ko‘rishini aytgan.