“Inter” bosh murabbiyi Simone Inzagi joriy mavsum 2-marta A Seriyada oyning eng yaxshisi deb topildi.
“Nerazzuri” bosh murabbiyi yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi sovriniga loyiq ko‘rildi. Mutaxassis “Yuventus”ga qarshi bahs oldidan (4-fevral) ushbu sovrinni qabul qilib oladi.
Inzagi oktyabr oyida ham oyning eng yaxshisi bo‘lgandi.
Shuningdek yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun “nerazzuri” tarkibidan Lautaro Martines kurash olib boradi. Sovrin uchun Alessandro Buonjorno (“Torino”), Albert Gudmundsson (“Jenoa”), Ruben Loftus-Chik (“Milan”), Dushan Vlahovich (“Yuventus”) va Shimon Jurkovski (“Empoli”) nomzodlari qo‘yilgan.