Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi 3-fevral, shanba kuni Qatarga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuvni koreyalik Kim Hi Gon bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga hamyurtlari Yoon Jae Yeol hamda Park Sang Jun yordam berishsa, zaxira hakami sifatida quvaytlik Abdulla Jamali ishlaydi.
Shuningdek, uchrashuv VAR hakami vazifasini Kim Jong Hyeok (Janubiy Koreya) bajarsa, AVAR sifatida quvaytlik Ahmad Alali ishlashi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Kim Hi Gon joriy mavsum jami 5 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to‘g‘ri keladi. E’tiborli tomoni, ushbu hakam OCHL guruh bosqichi 5-turida “Nasaf” – “Al-Faysali” (Iordaniya) uchrashuvini boshqargan.
Osiyo Kubogi-2023 | 1/4 final
03.02.2024 | 20:30 (Toshkent vaqti)
Qatar — O‘zbekiston
“Al-Bayt” stadioni, Al-Hor shahri
Izoh (0)