“Nasaf” O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosini o‘z safiga qo‘shib oldi.
“Nasaf” futbol klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi va o‘tgan mavsumda Qozog‘iston chempioni va chempionat to‘purari bo‘lgan o‘z tarbiyalanuvchisi Bobur Abdixoliqovni ortga qaytardi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Hujumchi Qarshi klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Bobur 2024-yil oxirigacha qarshiliklar sharafini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Bobur Abduxoliqov 2015-2020-yillar davomida “Nasaf” safida to‘p surgan. Shu davr mobaynida hujumchi klub tarkibida jami 134 ta o‘yin o‘tkazib 50 ta gol urgan.
Izoh (0)