Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushni 24 soat ichida to‘xtata olishini aytgan AQSH sobiq prezidenti Donald Trampni Kiyevga taklif qildi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.
![](/static/2024/01/21/photo_2024-01-21_17-13-39-zRG3Fy6D.jpg)
“Donald Tramp, sizni Ukrainaga, Kiyevga taklif qilaman. Agar urushni 24 soat ichida to‘xtata olsangiz, o‘ylaymanki, bu kelish uchun yetarli sabab bo‘ladi”, — dedi u AQSH sobiq prezidentiga.
Shu bilan birga, Zelenskiy Trampning Ukrainadagi “urushni 24 soat ichida tugatish” niyati haqida gapirayotganini “juda xavfli” deb atadi.
“Ya'ni u o‘zi qaror qabul qilishini aytdi — men hatto Rossiya haqida gapirmayapman — har ikki tomonsiz, ya’ni bizsiz... Uning hech kim eshitmagan g‘oyasi xalqimiz uchun ishlamasa, u o‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun hamma narsa qiladi. Bu meni biroz tashvishga solmoqda”, — deb tushuntirdi u.
AQSH sobiq prezidenti avvalroq yuqori lavozimga qaytsa, Ukrainada 24 soat ichida tinchlikni ta’minlash “rejasi” borligini bir necha bor aytgan edi.
Izoh (0)