Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, super og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ham reytingga kiritildi. Bu haqida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shu tariqa, reytingdan 6 nafar o‘zbek bokschisi joy oldi:
Hasanboy Do‘stmatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): 7-o‘rin (o‘tgan oy 8-o‘rinda edi);
Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg): o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona yuqorilab, 5-o‘rindan joy oldi;
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg): 7-o‘rin (o‘tgan oy 6-o‘rinda edi);
Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn toifasi - 66,6 kg): o‘tgan oydagi kabi 3-o‘rinni egalladi;
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn - 76,2 kg): o‘tgan oydagidek 7-pog‘onada;
Bahodir Jalolov (super og‘ir vazn - 101 kg): 15-o‘ringa joylashdi.
Izoh (0)