Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 13,15 so‘mga pastlab, 12 407 so‘m bo‘ldi. Yevro 16,79 so‘mga tushib, 13 502,54 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,03 so‘mga pastlab, 140,22 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 420,15 so‘mni tashkil etgandi. Rubl ham tushib, yevro ko‘tarilgandi.
Izoh (0)