Tayvanda 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 40,2 foiz ovoz bilan Uilyam Lay g‘alaba qozondi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Muxolifat prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi. Saylov byulletenlarining 98 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng, Lay 40,2 foiz ovoz to‘pladi. Uning raqibi, kommunistlar bilan yaxshi aloqani yoqlagan Xou Yi 33,4 foiz ovoz oldi. Saylovdan keyin Lay tarafdorlari oldida nutq so‘zladi.
“Rahmat, Tayvan xalqi. Biz tarixni yaratdik. Dunyo bizni kuzatishda davom etadi”, — dedi u.
Yangi prezident o‘z nutqini “Tayvan, olg‘a” degan so‘zlar bilan yakunladi.
Hukmron partiya nomzodi, hukmron Demokratik progressiv partiya vakili, 64 yoshli Lay Sindze boshidanoq favorit edi. Xitoy hukumati uni separatist deb ataydi. U orolning Pekinga iqtisodiy qaramligini kamaytirish va AQSH bilan yaqinlashish tarafdori.
Saylovning rasmiy natijalari bir necha kundan keyin e’lon qilinadi. Lay Sindze faqat may oyida amaldagi prezident Say Invenning vakolat muddati tugagach, lavozimiga kirishadi. Saylovlar arafasida Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari Layni “tinchlikni buzuvchi” deb atagan.
Uning g‘alabasidan so‘ng, “orolning uzoqroq va qattiqroq blokadasi jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — deydi nemis professori Aleksandr Gyorlax.
Izoh (0)