Jizzaxda erkak o‘z farzandini muttasil ravishda qiynab, qo‘rqitib kelgani aniqlangani haqida xabar berilgandi. Tarmoqlarda mazkur erkak ozodlikka chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur xabarlarga oydinlik kiritdi.
![](/static/2024/01/10/erd-SKM-ivt1.jpg)
Xabar berilishicha, Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2023-yil 21-dekabr kuni A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari, 112-moddasi 1-qismi va 168-moddasi 4-qismiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro A.B. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, TIIB VSHga joylashtirilgan va bugungi kunda ham shu yerda saqlanmoqda.
A.B. tomonidan bolaning onasi Z.X.ga muttasil tazyiq o‘tkazib kelingani inobatga olinib, 2023-yil 28-dekabrda Z.X.ga himoya orderi berilgan hamda uning va voyaga yetmagan farzandi A.X.ning xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan.
Izoh (0)