Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev 2024-yilning yozida oktagonga qaytadi.
Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi.
Maxachev Charlz Oliveyra va Arman Sarukyan jangi g‘olibiga qarshi jang qiladigan bo‘ldi.
Oliveyra va Sarukyan o‘rtasidagi jang 13-aprel kuni UFC 300 doirasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Islom ikkala jangchi bilan ham to‘qnash kelgan: 2019-yilda hakamlar qaroriga ko‘ra Sarukyanni mag‘lub etgan bo‘lsa, 2022-yilda Oliveyrani bo‘g‘ish uslubida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Izoh (0)