Daryo

UFC 300. Charlz Oliveyra Arman Sarukyanga qarshi oktagonga ko‘tariladi 

UFC prezidenti Dana Uayt turnirning muhim janglaridan birini e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish14 513 ko‘rishlar0 izoh0

UFC yengil vaznda da’vogarlar jangini belgiladi.

Unga ko‘ra, UFC 300 turnirida Charlz Oliveyra Arman Sarukyanga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Turnir 13-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Oliveyra so‘nggi jangini 2023-yilning iyun oyida o‘tkazgan edi. Beneil Dariushga qarshi jangning 1-raundidayoq Charlz nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Sarukyan ham so‘nggi jangini Dariushga qarshi o‘tkazgan. Dekabr oyida bo‘lib o‘tgan jangda Arman muddatidan oldin nokaut evaziga raqibini mag‘lub etgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar