O‘zbekistonda Soliq mobil ilovasining 2023-yil natijalari eʼlon qilindi.
![](/static/2024/01/04/sol-Dao8i3x_.jpg)
Unga ko‘ra, o‘tgan yili Soliq mobil ilovasida qariyb 3 million nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning jami soni 5,4 milliontadan oshdi. Hozirda 3,3 million nafar fuqaro ilovadan faol foydalanmoqda.
Shuningdek, 2023-yilda Soliq ilovasi 4-marta yangilandi va yangi funksiyalar paydo bo‘ldi. Eng ommabop xizmatlar:
- Xaridlar uchun keshbek;
- Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish;
- O‘zini o‘zi band qilish;
- Soliqlarni to‘lash;
- Soliq hamkor;
- Ijtimoiy keshbek;
- Ish haqi ma’lumotlari.
Izoh (0)