• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kim haq-u, kim nohaq: Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Sinov laboratoriyasi jihozlari va binosini olib qo‘ydimi?

    “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” Sinov laboratoriyasi bo‘limi boshlig‘i Salohiddin Qurbonov “Daryo”ga murojaat qilib, laboratoriya Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan tazyiqqa uchrayotganini, laboratoriyaning texnik jihozlari va binolari qo‘mita tomonidan olib qo‘yilganini taʼkidladi.

    Sinov laboratoriyasi bo‘limi boshlig‘ining aytishicha, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida rahbariyat almashganidan so‘ng qo‘mitaning laboratoriyaga bo‘lgan munosabati mutlaqo o‘zgarib qolgan.

    “Men sinov laboratoriyasida 15 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib kelaman. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida rahbariyat almashdi. Mana shundan keyin qo‘mitaning bizga bo‘lgan munosabati mutlaqo o‘zgarib ketdi. Qanchalik ilm bilan shug‘ullanganimiz sari, qo‘mita bizni oldimizda sunʼiy to‘siqlar qo‘ya boshladi. Bu ham yetmaganidek, biz faoliyat olib boradigan bino va texnikalarimiz olib qo‘yildi. Bu ishlarning tag zamirida hech qanday asos yo‘q”, – deydi “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” Sinov laboratoriyasi bo‘limi boshlig‘i Salohiddin Qurbonov.

    Qurbonovning taʼkidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Avtoyo‘l qo‘mitasi nazoratida va buyurtmachiligida ilmiy-tadqiqot instituti innovatsiyalar bo‘yicha 10 ta tadqiqot o‘tkazishi, yaʼni 10 tajriba-sinov maydoni qurishi kerak bo‘lgan. Ammo, 2023-yilda qurilishi kerak bo‘lgan 6 ta tajriba-sinov maydonining birontasi barpo etilmagan.

    “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” Sinov laboratoriyasining texnikalari
    Foto: Murojaatchi

    “Yo‘l siyosatini belgilovchi asosiy idora – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi. Biz ular bilan bir jamoa bo‘lib ishlashimiz kerak. Hozir bizni binoyimizni olib qo‘ysa, texnikalarimizni olib qo‘ysa, biz qanday tadqiqot o‘tkazamiz? Agar laboratoriyaga moliyaviy bosimlar davom etaversa, xodimlarni ushlab tura olmaymiz. Yil boshidan buyon 30 nafar xodim ishdan ketdi”, – dedi Salohiddin Qurbonov.

    “Daryo” mazkur holat yuzasidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan bog‘lanib, holat bo‘yicha izoh so‘radi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarovning taʼkidlashicha, qo‘mita laboratoriyaga hech qanday tazyiq o‘tkazmagan hamda Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutining texnik jihozlari va binosini hech kim olib qo‘ymagan.

    “Bu institutni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, yaʼni biz tuzganmiz. Har yili bu institutga pul mablag‘lari ajratib, laboratoriya uchun kerakli bo‘lgan uskunalarni xarid qilib beramiz. Biz shuncha yillik tadqiqot institutimizni yopib yuborishga yoki uning binosini olib qo‘yishga urinmadik. Mana xodimlar ham bor, istasangiz ulardan so‘rang. Ular biz o‘tirgan binoda faoliyat olib boradi”, – deydi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari.

    Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov
    Foto: “Daryo”

    Nazarovning qayd etishicha, hozirda qo‘mitaga qarashli bo‘lgan tashkilotlarda transformatsiya (qayta o‘zgarish, qayta hosil qilish – tahr.) jarayoni boshlangan. Qo‘mitaning sinov laboratoriyasi bilan hech qanday ziddiyati yo‘q.

    “Hozir biz katta transformatsiya jarayonini boshladik. Yangi-yangi markazlar ochilmoqda. Istagan xodim istagan markazga borib ish boshlashi mumkin. Agar tadqiqot institutining xodimlari ko‘chada ishsiz qolib ketganida, boshqa gap bo‘lar edi. Lekin Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi qoshidagi tashkilotlarda ishchilarning ishdan bo‘shab ketish holatlari ko‘plab topiladi. Laboratoriya bo‘yicha hech qanday ziddiyatli holatimiz yo‘q. Qanday muammo bo‘lishi mumkin? Axir, laboratoriya joyida turibdi-ku”, – dedi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov.

    Ko‘rib turganingizdek, murojaatchining gaplarini rasmiylar rad qilmoqda. Kim haq-u, kim nohaq, deyishga biroz shoshmay turamiz. Chunki “Daryo” bu mavzuni o‘rganishda davom etadi.

    28.12.2023, 13:04   Izoh (0)   9589
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyalik investorlar Toshkentdan Samarqandgacha yangi magistral quradi: yo‘l 2 soat vaqt oladi

    12.09.2018, 10:00

    Toshkent—Samarqand pulli avtotrassasining qurilishi nega boshlanmayotgani ma’lum qilindi

    05.12.2019, 22:30

    Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi

    11.12.2023, 14:16

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 29-dekabr kuni yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin

    28.12.2023, 12:58

    Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

    28.12.2023, 12:17

    O‘zbekistonda “Ko‘cha sanʼati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi

    28.12.2023, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.