O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkentdan Samarqandgacha yangi pulli yuqori tezlikdagi avtomobil trassasini qurish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Shu maqsadda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida Cengiz — Kolin — Kalyon turk kompaniyalari konsorsiumi bilan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Turkiyalik pudratchilar qayd etishicha, loyiha Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan masofani 2 soatda bosib o‘tish imkonini beradi. Pulli magistralni qurish 2019—2020-yillarga belgilangan.
Uchrashuvda tomonlar yangi avtotrassa loyihasini ishlab chiqishda magistralning turar-joy tumanlaridan uzoqroq joydan o‘tishi, yaylovlar, qishloq xo‘jalik hududlari va atrof-muhitga minimal ta’sir o‘tkazishi kabi talablarni hisobga olish kerakligi borasida bir fikrga keldi.
Izoh (0)