AQSH Rossiyaning 300 milliard dollarlik muzlatilgan aktivlarini musodara qilish imkoniyatlari va xatarlarini o‘rganib chiqishni G7 davlatlariga taklif qildi, deb yozadi Financial Times manbalarga tayanib.
Unga ko‘ra, G7 moliya vazirlari va ularning o‘rinbosarlari dekabr oyida aktivlarni musodara qilish mexanizmini ishlab chiqish va ular bilan bog‘liq risklarni baholashni muhokama qilishgan.
AQSH Buyuk Britaniya, Yaponiya va Kanada ko‘magida 2024-yil fevralida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan G7 yetakchilarining uchrashuvida barcha variantlarni ko‘rib chiqish uchun tayyorgarlik ishlarini davom ettirishni taklif qildi.
“Vashington tomonidan taklif etilgan uchta ishchi guruh musodara qilishning huquqiy jihatlarini, bunday siyosatni qo‘llash usullarini va risklarni kamaytirishni, shuningdek, ushbu aktivlarni Ukrainaga yo‘naltirish variantlarini o‘rganib chiqadi”, — deb ta’kidlaydi gazeta.
Shu bilan birga, Germaniya, Italiya, Fransiya, shuningdek, YIning boshqa vakillari har qanday qaror qabul qilishdan oldin Rossiya aktivlari musodara qilinishi qonuniyligini sinchkovlik bilan baholash zarurligini ma’lum qilishgan.
Izoh (0)