Joriy yilning 21-dekabr kuni poytaxtimizda “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi.
Unda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi Aziz Akbarjonov yosh xodimlar bilan o‘z shaxsiy tajribalari, rahbarlik masʼuliyati, bank tizimda kadrlarga qo‘yiladigan talablar haqida suhbatlashdi.
Ularni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlantirish hamda tashabbuslarini ilgari surish maqsadida ishga tushirilgan loyihalarni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi. “Team building”, “Book challenge”, “Kaizen team”, “Ayollar klubi”, “SQB spartakiada” kabi loyihalar shular sirasiga kiradi.
Mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan (622 nafar), chet el grantlarini yutgan (3 nafar), yuqori lavozimlarga tayinlangan hamda moliya bozori ishtirokchilari orasida mahoratli sportchi nomini qozongan zukko, izlanuvchan va faol yoshlar bank faxri ekani qayd etildi.
Bankni rivojlantirishga qaratilgan mushtarak maqsadlar yo‘lida yanada tashabbuskor va fidoiy bo‘lishga chorlab, bu borada taklif va mulohazalarni qabul qilishga doim tayyor ekanini bildirdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlar bilan ishlash borasida kelgusi rejalar xususida ham so‘z borib, ular yosh xodimlar fikr va takliflari asosida yanada boyitilishi taʼkidlandi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)