Daniya politsiyasi teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilingan bir necha kishini qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Bugun 14-dekabr kuni erta tongda butun mamlakat bo‘ylab qo‘lga olish tadbirlari o‘tkazildi. Politsiya hozircha bu ma’lumot bo‘yicha boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
![](/static/2023/daniya123.jpg)
Kechga yaqin Kopengagen politsiyasi va mamlakat ichki razvedka agentligi o‘rtasida qo‘shma matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Daniyada terrorchilik tahdidining to‘rtinchi — so‘nggidan oldingi darajasi e’lon qilingan.
7-dekabr kuni Daniya parlamenti diniy matnlarni yoqishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgandi. Endilikda Daniyada bunday harakatlar uchun ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi.
Izoh (0)