Ayni damda Toshkent shahar IIBBda poytaxtda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor tadbir tafsilotiga oid matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning anjumanda ma’lum qilishicha, Salim Abduvaliyev, Baxtiyor Qudratillayev, Saidaziz Saidaliyev protsessual tartibda ushlangan. Ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Tezkor tadbirlar doirasida 38 jinoiy guruh a’zolariga nisbatan jinoiy ish ochildi. Ular uzoq yillar davomida kuzatuvda bo‘lgan” —dedi Doniyor Toshxo‘jayev.
Shuningdek, Doniyor Toshxo‘jayev matbuot anjumanida G‘ofur Rahimovga doir savolga ham javob berib o‘tdi.
“Bizda G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoyat ishi mavjud emas. U shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilinmagan”, — dedi Doniyor Toshxo‘jayev.

“Daryo” mazkur anjumanni YouTube kanalida jonli efirga uzatmoqda.
Izoh (0)