Sherzod Bo‘riyev 28-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahriga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sherzod Bo‘riyev 1982-yilda Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. U Qarshi davlat universiteti va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.
Shahrisabz shahriga 2020-yildan hokimlik qilib kelgan Akrom Sulaymonov 2023-yil 26-oktyabr kuni Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.
Shahar hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Akamurod Uzoqovga shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgandi.
Izoh (0)