• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “O‘g‘illarimga qattiqqo‘l, kelinlarimga mehribon onaman”. Qirolichalar sahnasida kuylagan ilk o‘zbek xonandasi Munojot Yo‘lchiyeva 63 yoshni qarshiladi (foto, video)

    O‘zbekiston Qahramoni, xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva bu yil muborak 63 yoshni qarshiladi. U hayotining 45 yilini katta sahnada o‘tkazib, oddiy qishloq qizidan mashhur sanʼatkorlik darajasiga erishdi.

    “Sanʼat onamning orzusi edi”

    Munojot Yo‘lchiyeva 1960-yili Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi Shirmonbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Oilada olti qiz va ikki o‘g‘ilning uchinchisi bo‘lgan Munojotning otasi haydovchi, onasi esa dala ishchisi sifatida mehnat qiladi.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    — Onam Muborakxon aya “Tanovar”, “Sunbula” kabi xalq qo‘shiqlarini xirgoyi qilardi. Ularning ovozlari nihoyatda shirali edi. Ammo davr taqozosi bilan sanʼat yo‘lidan ketmagan. Doim “sanʼatkor bo‘lolmaganimdan afsuslanaman”, derdi. Volidamning armonlari o‘rnini mening yutuqlarim to‘ldirganini keyinchalik o‘zi xursand bo‘lib ko‘p takrorlagan.

    8-sinfda o‘qib yurganimda ustoz sanʼatkor Fattohxon Mamadaliyev tumanimizdagi madaniyat uyida ansambl tashkil qilib berish uchun taklif etilgan. Ammo ijrochilar ko‘pligi bois meni xonanda sifatida qabul qilishmagan. Raqqosalar kamligi uchun raqs tushish bilan shug‘ullanganman.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    Dadam sanʼatsevarligimni ko‘rib, ijrolarimni sevib eshitsa-da, bu kasbni tanlashimga hamisha tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan. Hatto akalarim ham ko‘nmagan. Maktabni bitirish arafasida tog‘am Abdulla Mavlonov uydagilarni, ayniqsa, otamni bir amallab ko‘ndirib, hujjatlarimni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining vokal yo‘nalishiga topshirishimni maslahat bergan, — deydi Munojot Yo‘lchiyeva.

    “Do‘stingning ham do‘sti bor”

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    — Onam Muborakxon bir umr uy bekasi bo‘lgan bo‘lsa-da, aqlli ayol edi. Ro‘zg‘or tutishiga qo‘ni-qo‘shnilarning havasi kelardi. Baʼzi ayollar ro‘zg‘oridagi kam-ko‘st haqida aytsa yoki erini yomonlasa, jahli chiqardi. Ro‘zg‘orning kam-ko‘stini yashirish ayol kishining vazifasi ekanligini uqtirardi. “Puling yo‘q desang yo‘q bo‘lib ketaveradi, bor deb shukrini qil Alloh yetkazadi”, deb tanbeh berardi. Otam rahmatli esa bu qiz bolaning ishi, bunisi o‘g‘il bolaniki deb ajratmasdi. Onam “qizlar og‘ir ko‘tarmasin”, desa otam “O‘rgangani o‘ziga yaxshi, bir kun asqatadi”, derdi. Haqiqatan ham oilamizda tarbiyalangan qizlar suvoq ishlarini ham, g‘isht quyishni ham, egat chopishni ham yaxshi biladi. Keyin onam rahmatli “Siringni o‘zingdan boshqa bilmasin. Do‘stning ham do‘sti bo‘ladi”, deb uqtirardi. Shu yoshga kirib bu gaplarning hayotda nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligiga amin bo‘ldim.

    “Ovozingiz to‘g‘ri kelmaydi”

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    Sanʼatkor bo‘lish umidida institutga imtihon topshirgan Munojot Yo‘lchiyevaning hafsalasi pir bo‘ladi. Chunki unga imtihon vaqtida “Ovozingiz opera xonandaligiga to‘g‘ri kelmaydi”, deya vokal yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilishmaydi. Shu payt O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shavkat Mirzayev “Ovozingiz ustida ishlab, maqomchi qilishim mumkin”, deydi.

    Musiqadan bexabar bo‘lgan Munojot anʼanaviy maqom ijrochiligining ikki yillik tayyorlov bo‘limiga o‘qishga qabul qilinadi.

    Sharof Rashidov nazariga tushgan yosh ijrochilar

    1980-yilning 9-fevral kuni “Nazm va navo” ko‘rsatuvida bir qancha yosh ijrochilar “Munojot” va “Ushshoq”ni ijro etishadi. Mazkur loyihadagi chiqishdan keyin 19 yoshli Munojot el nazariga tushadi. Xuddi shu ko‘rsatuvni ko‘rgan O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi rahbari Sharof Rashidov “Maqom yo‘nalishida kuylaydigan yoshlar bor ekan-ku. Shu qizlarni “Maqom” ansambliga ishga olinglar», deya ko‘rsatma beradi.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    — Maktabni bitirgan yilim akam Abduhoshim Germaniyaga harbiy xizmatga jo‘natilgan. Ketishidan oldin dadamga “Qizingizni Toshkentga jo‘natmang”, deb qattiq tayinlagandi. Xullas, Toshkentga ketganim akamdan sir tutilgan. Tayyorlov kursida o‘qiyotganimizda Alisher Navoiy hazratlarining tavallud kuni munosabati bilan televideniyeda “Nazm va navo” kechasi o‘tkaziladigan bo‘ldi. Jonli efirda bir guruh talabalari bilan chiqib, Alisher Navoiy g‘azallari asosida qo‘shiq ijro etganmiz. Aksiga olgandek, chiqishimni Germaniyada xizmat qilayotgan akam ham ko‘rib qolgan. Bir kuni akamdan xat keldi, qo‘rqib ochsam “Senga to‘sqinlik qilganim uchun kechir, singlim. Chiqishingni televizorda ko‘rib faxrlandim, sanʼatga sendek iqtidorli yoshlar kerak”, deb yozilgan ekan. U paytdagi ota-onamning quvonchini tasvirlab berolmayman. Ism-sharifimiz yozilmagani uchun ota-onam men ekanligimga shubha qilishgan ekan, — deydi Munojot Yo‘lchiyeva.

    “Maqomdan voz kecholmayman”

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    U 1980-yilning yozida ikki yillik tayyorlov kursini tugatgach, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maqom yo‘nalishiga o‘qishga kiradi. Oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan Munojotga Moskva davlat konservatoriyasiga borib, opera yo‘nalishida tahsil olish zarurligini, keyinchalik Italiyada amaliyot o‘tashi mumkinligini, maqom esa sanʼat sohasida kelajaksiz yo‘l ekanligini uqtirishadi. Ammo u bu taklifni rad etib, “Maqom yo‘nalishidan voz kecholmayman, u mening muhabbatim”, — deya qatʼiy javob qaytaradi.

    “Iffatimni yo‘qotganligim haqida gap-so‘z tarqalgan”

    Munojot “Maqom” ansamblida ish boshlagan ilk yillarda u va ustozi Shavkat Mirzayev to‘g‘risida turli gap-so‘zlar tarqaladi. Uni eshitgan yosh xonanda yig‘lab yuboradi.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    — Bu gaplarning tarqalganiga ikki oydan ortiqroq vaqt bo‘lgan ekan. Bu gaplarni gapirish qanchalik og‘ir bo‘lmasin, aytaman. Bu haqda shu kungacha birorta intervyuda aytmaganman: iffatimni yo‘qotganligim haqida gap-so‘z tarqalgan ekan. Bunga sabab menga ko‘proq eʼtibor berilyapti, deb hisoblashgan. Aslida, murabbiy hamma bilan birdek ishlaydi, faqat baʼzilar mashg‘ulotlarni tezda o‘zlashtirib oladi.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    U paytlarda bemalol rahbariyatga chiqish u qadar qiyin bo‘lmagan. O‘zimni yomon his qilganman. Nahotki bir ansamblda ishlab yurgan aka-opalarim men haqimda shunday deb o‘ylashyapti, deb yig‘laganman. Afsuski, o‘sha kuni meni rahbar qabuliga kiritishmagan. Ertasi kuni ishga borsam, shov-shuv. Davlat rahbari qabuliga kirmoqchi bo‘lganim haqidagi xabar yetib kelibdi. Shunda ansambl direktori meni qabuliga chaqirib, ustozimni rahbarlik qilolmaganlikda ayblashgani va u o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketayotganini aytdi. Shunda men ishda qolmasligimni, haqiqatni aytolmaydigan hamkasblar bilan ishlamasligimni aytganman.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    Mana shu voqeadan so‘ng Toshkentdan bosh olib qishloqqa ketishni va turmushga chiqib, aytilgan gaplar bo‘htondan bo‘lak narsa emasligini isbotlashni niyat qilgandim. Shunda davlat amaldorlaridan biri ishonch bildirib, boshqa jamoa bilan ijodni davom ettirishimni tayinlagan, — deydi sanʼatkor bir intervyusida.

    Qirolichalar sahnasiga chiqqan ilk o‘zbek xonandasi

    Sanʼatkor ilk bor dunyo sahnasiga 1995-yilda Fran­siyaning “De la Vill” teat­rida o‘tkazilgan festivalda chiqadi. Shundan keyin u ushbu davlatga yigirma martadan ko‘proq tashrif buyurib, Fransiyaning deyarli barcha shaharlarida chiqishlar qiladi.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    Munojot Yo‘lchiyeva Amerika, Angliya, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Hindiston, Italiya, Shveysariya, Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Daniya singari davlatlarning mashhur sahnalarida ham qo‘shiq kuylaydi.

    “Yigirma yillar avval Londondagi Elizabet holl, yaʼni ‘qirolichalar sahnasiʼ degan hashamatli sanʼat saroyida konsert berganimda tashkilotchilar va tarjimonlar Sharq mamlakatlaridan birinchi bo‘lib bu yerda siz kuylayapsiz, shu paytgacha hech kim ushbu sahnada chiqish qilmagan. Chunki hammaga ham ruxsat berishmaydi”, — degan.

    Geografik jihatdan katta bo‘lgan mamlakatlardan — Kanada va Avstraliya sahnalarida turib, mumtoz qo‘shiqlar kuylash orzum bor. Nasib etsa, bu maqsadlarim ham kun kelib, ro‘yobga chiqar, degan umiddaman”, — deydi maqom ijrochisi.

    “Munojot”dan “Yor-yor”gacha...

    Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida turli konsertlarda qatnashgan Munojot Yo‘lchiyeva intervyularining birida xorijlik muxlislari, asosan, qaysi qo‘shiqlarini qayta-qayta aytishini talab qilgani haqida shunday degan edi:

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    — Chet elda og‘ir va salobatli qo‘shiqlarga talab juda yuqori. Angliyadagi konsertlarimning birida qirq besh yoshlar chamasidagi ayol dastur boshlanmasidan oldin yonimizga kelib, siz bugun “Kim keyin, kim ilgari” qo‘shig‘ingizni ham aytasizmi, deb savol berdi. Unga yuzlanib, bunday qo‘shig‘im borligini qayerdan bilasiz, desam, CD diskingizni xarid qilganman. Shu ijrongizni takror eshitib zerikmayman, — dedi.

    Uning fikrini hurmat qilgan holda “Kim keyin, kim ilgari” qo‘shig‘imni konsert rejasiga kiritganmiz. Xorijliklarning qaysidir biri Chustiy g‘azallari bilan yaratilgan qo‘shiqlarimni yoqtirishsa, ayrimlari “Munojot”ni, yana boshqalari milliy folklor namunasi “Yor-yor”ni so‘rashadi. Qisqasi, barcha ashulalarimning o‘z muxlisi bor. Har doim ovoz, musiqa va so‘z bir-birini to‘ldirib borsa, tinglovchini befarq qoldirmaydi, — deydi Munojot Yo‘lchiyeva.

    “Poraxo‘rlikda ayblanib...”

    2018-yilning dekabrida Munojot Yo‘lchiyeva sud majlisiga chaqiriladi. Gap shundaki, bir talaba yigit Toshkent davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va ijodiy imtihondan Munojot Yo‘lchiyevaga aytib yuqori baho olib berishni vaʼda qiladi. Buning evaziga esa ikki nafar abituriyentdan 12 ming AQSH dollari talab qiladi. Kelishilgan miqdordan 4 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga tushadi.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    — O‘sha voqeadan juda jahlim chiqdi. Anʼanaviy xonandalikka umuman daxli bo‘lmagan konservatoriyaning sobiq talabalaridan biri Munojot Yo‘lchiyeva bilan gaplashib, o‘qishga kiritib qo‘yaman, deya bir abituriyentdan kelishgan holda pul olgan. Eng qizig‘i, u paytda men Germaniyada xalqaro festivalda edim.

    Ijodiy safardan qaytsam, sudga chaqirishdi. Voqeadan xabar topgach, karaxt bo‘lib qoldim. Mana shunday holatlar beayb insonning yillar davomida misqollab yiqqan hurmati, obro‘siga putur yetkazadi, — deydi ustoz sanʼatkor.

    “O‘g‘illarga qattiqqo‘l, kelinlarga mehribon onaman”

    1982-yili hind va urdu tillari bo‘yicha mutaxassis Hurmatillo Bo‘riyevga turmushga chiqqan sanʼatkorning Muzaffar va Shuhrat ismli farzandlari bor.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    — Oilada ham mehribon, ham qattiqqo‘l onaman, ich-ichimdan mehr tuysam-da, ikki o‘g‘limga juda talabchan munosabatda bo‘lganman. Bolaligimizdanoq mehnatkash va mehribon otamning qattiqqo‘l, jiddiy tarbiyasi o‘laroq, mening xarakterimda ham shu jihatlar shakllangan. Farzandlarimga bergan jiddiy tarbiyam oqibatida, Xudoga shukrki, ikki o‘g‘lim ham yaxshi inson bo‘lib yetishdi.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    Ayrimlar kelin qizdek bo‘lmaydi, deydi. Lekin men bu fikrga qo‘shilmayman. Rahmatli qaynonam ham juda muloyim ayol edilar. Sanʼatkor bo‘lganim uchun xizmatlarini risoladagidek qilolmaganman. Bugun o‘zim ham qaynonaman, ikki nafar shiringina qizaloq — Muborakxon va Malikaxonning buvisiman. Kelinlarim ham farosatli, zehnli”, — deydi u.

    “Hashamatni yoqtirmayman”

    Munojot Yo‘lchiyeva ko‘p daromad topsa-da, nihoyatda kamtarin hayot kechiradi. 10 yilga yaqin Matiz rusumidagi avtomobildan foydalandi. Hozirgi mashinasi ham u qadar qimmatbaho emas.

    Foto: Munojot Yo‘lchiyevaning shaxsiy arxividan

    — Hashamatni yoqtirmayman. Oddiy, kamtarona yashashni ma’qul ko‘raman. Balki bu hayotdagi qiyinchiliklarim bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida o‘qib yurgan kezlarimda katta konsert o‘tkaziladigan bo‘ldi. Aksiga olib, birorta tuzukroq ko‘ylagim yo‘q edi. O‘shanda ustozim Shavkat Mirzayevga “Ko‘ylagim yo‘q, nima qilaman?” deganimda “Hashamatga intilmang, libosingiz oddiy va toza bo‘lsa bo‘ldi. Ko‘nglingiz to‘lmasa, onangizning sandig‘idan bir kiyimlik mato olib keling”, degandi. To‘g‘ri aytdingiz deb, atlas matosi uchun Toshkentdan Shirmonbuloqqa kelganman. Keyin opam ikkimiz bir kechada ko‘ylak tikib beradigan tikuvchi izlaganmiz. Xayriyatki, quda xolamiz kechasi bilan ko‘ylagimni bitirib bergan. Ko‘ylagim bor deb quvonib Toshkentga qaytayotganimda, tuflimiz yo‘qligi esimga tushib qolgan. O‘shanda bir kursdosh qizning tuflisini olib, katta sahnaga chiqqanman, — deydi Munojot Yo‘lchiyeva.

    28.11.2023, 12:35   Izoh (0)   39618
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkman yigiti bilan oila qurgan, konserti kuni otasidan ayrilgan va sevimli o‘gay ona bo‘la olgan Mavluda Asalxo‘jayeva 60 yoshda (foto, video)

    17.10.2023, 12:59

    O‘zbekistonlik xonandalar orasida eng ko‘p “zapret”ga tushgan, biznesi “hujjatli mafiya” tomonidan sindirilgan “Muhabbat kuychisi” — Anvar Sanayev 55 yoshda (foto,...

    16.11.2023, 16:06

    Noto‘g‘ri yozilgan familiyasi bilan mashhur bo‘lgan, turmush o‘rtog‘idan erta ayrilgan va “niyatiga yarasha jazolangan” Dilnoza Kubayeva 37 yoshda (foto, video)  

    22.11.2023, 12:36

    Ko‘z yoshlar, hayajon va jo‘r bo‘lib kuylangan xit qo‘shiqlar: Turkiyalik xonanda va kompozitor Jem Adrian Toshkentda konsert berdi (video)

    28.11.2023, 11:40

    “Ikki farzand dog‘ini ko‘tarishimga san’at yordam bergan”. Mahoratli suxandon O‘tkir Siddiqov zamondoshlari xotirasida 

    27.11.2023, 18:44

    Rossiyada idish yuvuvchi, masjidda farrosh, yotoqxonada qorovul, “Qalpoq” da Sohiba — aktrisa Fotima Nazarova 52 yoshda (foto, video)  

    27.11.2023, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi birinchi partiyasi yuborildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 14:01

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.