Parij shahrida “PSJ” va “Nyukasl” muxlislari o‘rtasida janjal yuzaga keldi.
28-noyabr, seshanba kuni “PSJ” va “Nyukasl” jamoalari Chempionlar Ligasining 5-turida o‘zaro bahs olib boradi.
Dushanba kuni fransuz klubi muxlislari Parij barlarining birida o‘tirgan angliyalik muxlislarga hujum qilgan.
“Nyukasl” muxlislari o‘zlari tomon uloqtirilayotgan fayerlar va stullardan himoyalanish maqsadida bar eshiklarini yopishga uringan.
Politsiya vaziyatni o‘z nazoratiga olgan va bezorilarni tinchlantirishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)