Amerikaning bir juft B-1B Lancer strategik bombardimonchi samolyotlari Yaqin Sharq tomon parvoz uyushtirdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi.
“So‘nggi sakkiz kun ichida uchinchi marta B-1B Lancer samolyotlari Markaziy qo‘mondonlik mas‘uliyati ostidagi hududda missiyani bajarib, jangovar kuchni tezda amalga oshirish qobiliyatini namoyish etdi”, — deyiladi xabarda.
Oktyabr oyi o‘rtalarida Amerika Qo‘shma Shtatlari Buyuk Britaniyadagi Fairford aviabazasiga to‘rtta B-1B Lancer strategik bombardimonchilarini joylashtirgandi.
O‘shandan beri ular Yevropa, Afrika va Yaqin Sharq bo‘ylab bir qator parvozlarni amalga oshirdi.
Izoh (0)