Toshkent shahar Sergeli tumanida yo‘lovchi avtobuslaridan biri yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan maʼlumotlarni ochiqladi.
Maʼlum qilinishicha, 13-noyabr kuni soat 16:30 da 12-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi MAN rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan. Ushbu avtobus 2022-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 97 500 km masofani bosib o‘tgan.
Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, yong‘in avtobus haydovchisi o‘rindig‘i orqasida joylashgan elektr simlarining birlashgan blok qismida qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. Avtobus kafolat muddatida tasarruf etilayotganini inobatga olib, yong‘inning aniq sababi avtobus ishlab chiqaruvchi zavod Truck and bus motors MCHJ mutaxassislari bilan birgalikda aniqlanmoqda.
Yong‘in qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 16:36 da yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.
Izoh (0)