AQSHning SpaceX kompaniyasi Xalqaro kosmik stansiya (XKS) zaxiralarini to‘ldirish maqsadida Cargo Dragon kosmik kemasini uchirdi. Raketa tashuvchining parvozi translyatsiyasi NASA saytida namoyish etildi.
Falcon 9 raketa tashuvchisi Floridada joylashgan Kennedi nomidagi Kosmik markaz kosmodromidan uchirildi. Kema 11-noyabr kuni manzilga yetib boradi. Cargo Dragon orbita stansiyasiga 3 tonna yuk, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari va ilmiy tajirbalar o‘tkazish uchun uskunalarni yetkazmoqda. Kosmik kemaning XKSga ulanishini NASA astronavtlari Jasmin Mogbeli va Loral O’Xara nazorat qiladi.
Amerika tomoni stansiyaga Cargo Dragon’dan tashqari yuklarni Northrop Grumman korporatsiyasini Cygnus kemalari orqali ham yetkazadi.
Stansiyaga Amerika tomondan yuk, SpaceX tomonidan ishlab chiqarilgan Cargo Dragondan tashqari, Northrop Grumman korporatsiyasining Cygnus kemalari orqali yetkaziladi. Ammo Cygnus kemalari Yerga qaytishga atmosfera qatlamlari orasida XKSdan olib qaytayotgan chiqindilar bilan yonib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, iyun boshlarida ham SpaceX’ning qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Cargo Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) uchirilgandi.
Izoh (0)