SpaceX’ning qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Cargo Dragon kosmik kemasi yakshanba kuni Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) uchadi, deb xabar berdi NASA.
Noqulay ob-havo tufayli bir kun keyinga qoldirilgan SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida kemaning uchirilishi AQSH vaqti bilan 12:12 da Kanaveral qirg‘og‘idagi 39A uchirish majmuasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Kosmik kemaning XKSning Amerika segmentidagi Harmony moduliga qo'shilishi 6-iyun kuni bo'lib o'tadi.
Kosmik kema stansiyaga uch tonnaga yaqin oziq-ovqat, shuningdek, ekipaj tomonidan o‘nlab ilmiy tajribalar o‘tkazish uchun asbob-uskunalar va materiallar yetkazib beradi.