HAMASning “Al-Qassam” brigadalari G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan beri Isroilning 136 ta harbiy texnikasini yo‘q qildi, deya xabar qildi guruh matbuot kotibi Abu Ubayda.
“Isroilning G‘azo sektoriga quruqlikdan bostirib kirishi boshlanganidan beri Isroilning 136 ta harbiy texnikasini to‘liq yoki qisman yo‘q qildik”, — dedi Abu Ubayda o‘zining videomurojaatida.
Avvalroq HAMAS guruhi Siyosiy byurosi aʼzosi Usama Hamdan AQSHni urush tugaganidan keyin G‘azo sektorini kim boshqarishi haqida Isroil bilan birga illyuziyalarga berilishni bas qilishga chaqirgandi.
“Biz prezident Bayden va uning ma’muriyatiga murojaat qilamiz: tajovuzdan keyin G‘azoni boshqarish haqidagi illyuziyalarni bas qiling. Xalqimiz g‘alaba qozonadi, bunga shubha yo‘q”, — dedi Hamdan.
Izoh (0)