“Manchester Yunayted” Erik ten Hagni iste’foga chiqarishi mumkin.
The Times nashrining xabariga ko‘ra, so‘nggi haftadagi ikki o‘yindagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatlar 53 yoshli mutaxassisning jamoa safidagi kelajagini xavf ostiga qo‘ygan.
Ten Hagning o‘rniga Ruben Amorim (“Sporting”) va Zinedin Zidan (“Real”ning sobiq murabbiyi) variantlari ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, vaziyat “Manchester Yunayted” xo‘jayini o‘zgarishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
“Qizil iblislar” APLda ortda qolgan 10 turdan so‘ng 8-o‘rinni egallab turibdi. Turnir yetakchisi “Tottenhem”dan 11 ochko ortda qolmoqda.
Izoh (0)