• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Elektron hukumat platformasi orqali 2023-yilning 8 oyida 1 500 mln dan ortiq axborot almashinuvi amalga oshirildi

    Zamonaviy axborot jamiyatida elektron hukumat davlat taraqqiyotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. O‘zbekistonda davlat organlari va fuqarolarning o‘zaro samarali hamkorligini taʼminlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulaylik darajasi va sifatini oshirish imkonini beruvchi “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Yangi texnologiyalar va raqamli vositalar hukumat bilan o‘zaro hamkorlik jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtiradi, davlat sektorida shaffoflik va hisobdorlikni yaxshilamoqda va milliy iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda.

    Hozirga kelib, Elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) takomillashtirilib, foydalanuvchilar soni 7 mln dan ziyodni tashkil etib, mazkur tizim orqali fuqarolar davlat idoralarining 245 dan ziyod axborot resursidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP, my.gov.uz) 400 dan ortiq davlat xizmatidan inson omilisiz elektron tarzda foydalanish imkoniyati yaratildi va elektron xizmatlarga bo‘lgan talab 10 barobarga oshdi (937 mingdan 9,5 mln taga yetdi).

    Yagona portal orqali 2020-yilda 9,8 mln ta xizmat ko‘rsatilgan.

    Bugungi kunda mazkur portalda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 3,6 milliondan ortgan. Shuningdek, foydalanuvchilar tomonidan portal xizmatlaridan yil boshidan jami 7,9 mln. marotaba foydalanilgan (o‘tgan yil shu davriga nisbatan o‘sish 145 foiz).

    Shu bilan birga, Yagona portalning mobil ilovasida 168 ta (o‘sish 160%) elektron davlat xizmatlari aholi va yuridik shaxslarga taqdim etilmoqda.

    Aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratish maqsadida, hududlarda 1 038 ta pochta aloqasi obyektlarida YAIDXP platformasidan foydalangan holda 62 turdagi davlat xizmatlarini taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan.

    Elektron hukumatning Idoralararo integratsion platformasi takomillashtirilib, 2022-yil davomida davlat organlarining 120 dan ortiq axborot tizimlari o‘rtasida 1 500 mln dan ortiq axborot almashinuvi amalga oshirildi, bu esa faqatgina qog‘oz xarajatlari uchun oyiga 8,3 mlrd so‘m, yiliga esa 100 mlrd so‘m mablag‘ tejab qolinishiga erishilmoqda.

    Shu bilan birga, 2023-yil I choragi davomida Elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasi orqali 595 mln dan ortiq axborot almashinuvi amalga oshirildi. Joriy yil yakuniga qadar mazkur ko‘rsatkichni 2 000 mln. marotaba yetkazish orqali qog‘oz xarajatlari uchun yiliga 140 mlrd so‘mni tejashga erishiladi.

    Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlarini tijorat tashkilotlariga taqdim etish Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unga ulangan xizmatlar soni 64 tani, qabul qiluvchi tashkilotlar soni esa 33 tani tashkil etmoqda. Platforma orqali amalga oshirilayotgan kunlik so‘rovlar soni 32,8 mingga, choraklik ko‘rsatkich esa 2,9 mln ga yetgan.

    Bundan tashqari, Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri (cs.egov.uz)ga bugungi kunga kelib 16 ta tashkilot tomonidan 49 ta klassifikator kiritilgan.

    Axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestri axborot tizimi (reestr.uz) ishga tushirilib, 157 ta davlat organlarining 730 ta axborot tizimilari va resurslari ro‘yxatga olindi.

    Elektron hukumatning Idoralararo integratsion platformasi takomillashtirilib, davlat organlarining 130 dan ortiq axborot tizimlari o‘rtasida 2023-yil 1-sentyabr holatiga 1 500 mln dan ortiq axborot almashinuvi amalga oshirildi.

    Elektron hujjat almashinuvini ko‘zda tutuvchi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi ishlab chiqilib, bugungi kunda 19 575 ta vazirlik, idoralar va ularning tizim tashkilotlarning 83,8 mingdan ortiq foydalanuvchilari ulangan bo‘lib, tizim orqali 3 631 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridan kelib chiqadigan 107 250 mingdan ortiq topshiriqlarning markazlashgan monitoringi olib borilmoqda.

    Shuningdek Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 70% ga “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining takomillashtirilgan talqini “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish moduli o‘rnatildi.

    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, ularning xodimlari o‘rtasida xizmat yozishmalarini himoyalangan tarzda amalga oshirish uchun HUMO milliy messenjeri joriy qilindi va bugungi kunda 52 917 ta foydalanuvchi mavjud.

    Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun maʼmuriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish – “Digital office” elektron tizimi ishlab chiqilib, tajriba sinov tarzida joriy etildi.

    Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimi (e-qaror.gov.uz) tizimi orqali bugungi kunda umumiy 387 299 ta hujjatlar rasmiylashtirildi. Xususan: 215 133 ta hokim qarorlari, 92 437 ta farmoyishlari va 79 729 ta kengash qarorlari imzolangan.

    Erishilgan natijalar O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilanmoqda. Xususan, Elektron hukumat reytingida (E-Government Development Index – EGDI) mamlakatimiz 193 ta davlat orasida 2020-yilda 87-o‘rinni egallagan bo‘lsa, o‘tgan yilda 18 pog‘onaga yuqorilab, 69-o‘ringa ko‘tarildi. 

    “Open data Inception”ning Ochiq maʼlumotlar manbalari va ular soni bo‘yicha 201 ta mamlakat orasida O‘zbekiston 4-o‘rinni egalladi.

    Bu saʼy-harakatlarni yanada rivojlantirish maqsadida eng zamonaviy tipdagi maʼlumotlarni saqlash markazi tashkil etildi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Elektron hukumat fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini avtomatlashtirish va takomillashtirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishni nazarda tutadi.

    Biroq, mamlakatimizda yelektron hukumatni rivojlantirish hali ham takomillashtirishni talab qiladi. Elektron xizmatlar foydalanuvchilari duch keladigan baʼzi muammolar orasida qulay interfeysning yo‘qligi, elektron identifikatsiya qilish imkoniyatlarining cheklanganligi va eng yuqori talab davrida serverlarga yuqori yuklanish kiradi.

    Mamlakatimizda e-hukumatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun axborot tizimlari va AKT infratuzilmasini modernizatsiya qilish, dasturiy taʼminotni yangilash va yangi elektron xizmatlarni ishlab chiqish zarur. Shuningdek, barcha toifadagi fuqarolar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash zarur.

    Bundan tashqari, e-hukumat tizimini rivojlantirish elektron identifikatsiyalash va axborot almashishning markazlashtirilgan tizimini taʼminlash uchun turli davlat organlari va idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni taqozo etadi.

    Umuman olganda, mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, davlat apparati faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, fuqarolar hayotini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Biroq, bu potensialni ro‘yobga chiqarish AKT va tegishli islohotlarni davom ettirishni talab qiladi.

    24.10.2023, 18:11   Izoh (0)   7050
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi maktabni ham rejalashtirilmagan holda borib ko‘rdi

    24.10.2023, 18:05

    Ai-80 benzini savdosiga qo‘yilgan cheklov narxning sunʼiy oshishiga olib kelmoqda — Davlat xaridlari ishtirokchilari uyushmasi

    24.10.2023, 17:43

    Samarqanddagi xonadonda 261 dona gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi (video)

    24.10.2023, 17:23

    Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga borib, bemorlar bilan suhbatlashdi (foto)

    24.10.2023, 17:14

    Toshkent viloyatida 12 ta baliqni noqonuniy ovlaganlar hayvonot dunyosiga 7,6 mln so‘m zarar yetkazdi

    24.10.2023, 16:37

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi pastladi

    24.10.2023, 16:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.