Navoiyda qurilayotgan ko‘p qavatli uyda sifatsiz temirbeton plitalardan foydalanilgani aniqlanib, demontaj qildirildi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan buyurtmachi Sputnik Аvto Servis MCHJ tomonidan Navoiy shahar “Bunyodkor” MFY hududida qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Buyurtmachining texnik nazoratchisi monitoring ishlarini amalga oshirmaganligi sababli quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- obyektga sifatsiz temirbeton plitalar qabul qilingan hamda montaj qilingan;
- ijro hujjatlari, jumladan, umumiy ishlar va beton ishlari jurnali, qurilish materiallarining kirim jurnallari o‘z vaqtida yuritilmagan;
- beton ishlari uchun laboratoriya xulosalari taqdim etilmadi.
Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachiga “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali ko‘rsatmalar berildi hamda sifatsiz bajarilgan temir beton plitalar inspeksiya xodimlari tomonidan joyida demontaj qildirildi.
Izoh (0)