Falastinning HAMAS harakati Isroil o‘t ochishni to‘xtatadigan bo‘lsa, garovga olinganlarning bir qismini ozod qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
Bu haqda BBC muxbiri Frenk Gardner X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha tomonlar bu borada kelishuvga erishmagan.
Avvalroq Isroilning Rossiyadagi elchisi Aleksandr Ben Svi “TASS” agentligiga HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha hech qanday istiqbol ko‘rmayotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil HAMASdan “ayollar, bolalar va qariyalarni ozod etishni” talab qilmoqda.
Izoh (0)