Xorvatiyalik futbolchi Luka Modrich “Real”ni tark etish haqida o‘ylamoqda.
Joriy mavsumda 37 yoshli futbolchi atigi 4 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. O‘yinlarning 66 foizini zaxira o‘rindig‘ida boshlagan.
Relevo nashrining xabariga ko‘ra, bahorda “Real” bilan shartnomani uzaytirgan Modrichga asosiy tarkibdan joy va’da qilingan. Biroq, hozir Luka “Real” safida maydonda o‘tkazilgan vaqtlar bo‘yicha 15-o‘rinda turibdi.
Terma jamoalar o‘yinlaridan so‘ng Modrich kelajagi borasida bir qarorga keladi. Xorvatiyalik futbolchi noyabr oyidagi o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushmasa, rahbariyatdan yanvar oyida uni sotib yuborishini so‘raydi.
Hozirda xavbek atrofidagi vaziyatni MLS va Osiyo ligasi klublari kuzatib bormoqda. Shuningdek, Luka kam o‘yin amaliyoti evaziga ham “Real”da qolishi mumkin.
Modrichning madridliklar bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.
Izoh (0)