Futbol bo‘yicha Yevro—2024 saralash bosqichida Portugaliya Slovakiya ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl muallifiga aylandi. Shu tariqa Ronaldu penaltisiz urilgan gollari sonini 700 taga yetkazdi (penaltilar hisobga olinganda — 857 ta).
Shuningdek, portugaliyalik futbolchi terma jamoa safidagi gollari sonini 125 taga yetkazdi va o‘z rekordini yanada yaxshilab oldi. “An-Nassr” futbolchisi ikkinchi o‘rindagi Ali Dayini (Eron) 17 ta golga, uchinchi o‘rindagi Leo Messini (Argentina) 21 ta golga ortda qoldirdi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan Yevopa Chempionati uchun 6-marta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bundan avval 2008, 2012, 2016 hamda 2020-yilgi turnirlarda ishtirok etgan. 2016-yilda esa Fransiyani mag‘lub etib, chempionga aylangan.
Izoh (0)