Turkiyaga ishlash maqsadida borib, jihodchilar ta’siriga tushib qolgan o‘zbekistonlik yigit qidirilayotgani aytildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, N.Z. 1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Suriyadagi “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi. U 2013-yili Turkiyaga ishlash maqsadida borib, Istanbul shahrida yashirin ravishda faoliyat yuritib kelayotgan “Jihodchilar” diniy ekstremistik tashkiloti a’zolari bilan tanishib qolgan. Jihodchilar tomonidan olib borilgan da’vatlar natijasida u 2014-yilda xalqaro terrorchilik tashkilotiga borib qo‘shilgan.
N.Z.ga nisbatan huquq-tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 155-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruvga berilgan.
Izoh (0)