• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Farhod GES – yangi quvvatlardagi barqaror elektr energiya sari!

    Jonajon xalqimizning fidokorona mehnati, yakdilligi, ustuvor va ulug‘vor maqsadlar sari dadil intilishi orqali O‘zbekistonimiz har bir sohada sezilarli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

    Mamlakatimiz energetika tizimi, xususan, gidroenergetika sohasi taraqqiyoti yo‘lida Jamiyatimizning butun tizimi o‘z yo‘nalishlari doirasida yildan yilga barqaror faoliyat ko‘rsatkichlarini taʼminlashga harakat qilmoqda.

    Bu borada, “O‘zbekgidroenergo” AJ ham o‘z faoliyatini tobora rivojlantirib, yangi GESlarni qurish hamda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritayotgan eski GESlarni yangi quvvatlarda modernizatsiya qilish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

    Mamlakatimizning eng tarixiy va salohiyatli, shu bilan birga, istiqbolli GESlaridan biri bu – Farhod GES hisoblanadi.

    Bugun, 5-oktyabr kuni Farhod GESning modernizatsiyadan so‘ng, yangilangan energetik quvvatda ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

    Tadbirni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Bekzod Amirsaidov tabrik nutqi bilan ochib berdi.

    Marosimda Sirdaryo viloyati, Shirin shahar, Bekobod shahar hokimliklari rahbariyati, Jamiyat tizim korxona va tashkilotlari vakillari, hamkor xorijiy kompaniyalar masʼullari, gidroenergetik muhandislar hamda markaziy va hududiy telekanallar, bosma va elektron OAV vakillari ishtirok etdi.

    Tadbir davomida savob ishga qo‘l urildi. “Farhod GES” unitar korxonasining qo‘shimcha daromadlari hisobidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ushbu oilalarning bolalariga quvonch ulashish maqsadida, korxona ishchi-xodimlarining hamda GESga yaqin joylashgan mahallalarda istiqomat qiluvchi oilalarning 11 nafar farzandlariga sunnat to‘yi marosimi o‘tkazib berildi. Bolajonlarga korxona tomonidan velosiped hamda televizorlar esdalik sovg‘alari sifatida taqdim etildi. Bolajonlarning ko‘zlaridan porlagan quvonch bazmga yanada fayz berdi.

    Maʼlumot uchun:

    Ikkinchi jahon urushining eng og‘ir davriga qaramasdan, Davlat mudofaa qo‘mitasining 1942-yil 18-noyabrdagi qarori bilan Sirdaryo daryosida 1943-yil 10-fevralida Farhod gidroelektr stansiyasi qurilishi boshlab yuborildi. Ushbu kun GES qurilishining ommaviy boshlanishi kuni hisoblanadi. Mazkur GES ommaviy hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, hasharga Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro, Andijon va Toshkent viloyatlaridan jami 60 mingdan ortiq kishi jalb etildi.

    GES qurilishining birinchi bosqichi natijasi o‘laroq, 1948-yil 15-fevralda GESning 3 va 4-agregatlari ishga tushirildi, Toshkent va Chirchiq shaharlariga ikki liniya bo‘ylab 110 kV sanoat toki uzatildi.

     

    Ikkinchi bosqich yakunida 1949-yil 5-aprelda 1-agregat va shu yilning 30-iyunida 2-agregat ham ishga tushirildi.

    1951-yil 3-iyul kuni GES to‘liq ekspluatatsiya uchun qabul qilindi.

    Ushbu GESning ishga tushirilishi bilan, mamlakatning elektr, kimyo, metallurgiya, ko‘mir va sanoatning boshqa sohalarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratildi.

    Bu yutuqning yana bir muhim ahamiyatli tomoni shundaki, mazkur ulkan ishning asosiy qismi Mirzacho‘lning qattiq iqlim sharoitida va Ikkinchi jahon urushining og‘ir yillarida bajarildi.

    1960-yil may va avgust oylarida eskirgan 1- va 2-sonli nemis agregatlari 30 ming kVtgacha kuchliroq yangi LMZ qurilmalari bilan almashtirildi.

    Aytish joizki, GESning o‘rnatilgan quvvati 126 ming kVt bo‘lgan.

    Zamonaviy bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “O‘zbekgidroenergo aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 5044-sonli Farmoniga muvofiq “Farhod GES” unitar korxonasi “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibiga kirdi.

    Uzoq yillar davomida (qariyb 70-75 yil) doimiy ekspluatatsiya qilinishi tufayli GESdagi ko‘plab uskunalar jismoniy va maʼnaviy eskirganligini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi “2017-2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2947-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-oktyabrdagi “Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi “Farhod GES” UKni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 827-sonli Qaroriga asosan GESni modernizatsiya va qayta texnik jihozlash ishlari amalga oshirildi.

    Modernizatsiya ishlari “O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z mablag‘lari 13,05 mln. yevro hamda Rossiya Federatsiyasining “VEB” banki krediti – 45,22 mln. yevro (2,35%li stavkasi) hisobidan amalga oshirildi.

    Mavjud quvvatni 104 MVtdan 128 MVtga oshirish, jismonan va maʼnan eskirgan jihozlarni jahon miqiyosidagi yangi va sinalgan qurilmalarga almashtirish, uskunalarni uzluksiz joriy va mukammal taʼmirlashga chiqarishni kamaytirish, agregatlarning foydalanish muddatini 40 yilga uzaytirish va har bir m3 suv sarfidan samarali foydalanish, mukammal taʼmirlashlarni kamaytirish, elektr energiya tannarxini pasaytirish.

    Modernizatsiya loyihasida bosh pudratchi tashkilot sifatida “Silovыye mashinы” AJ (RF) qatnashdi.

    Subpudratchi tashkilot “Energoresurs” QK (O‘zR. va RF).

    Shartnoma “yakuniy topshirish” (pod klyuch) shartiga ko‘ra loyiha ikki bosqichda amalga oshirildi:

    • 1-bosqich – 2019-2020-yillarda – 3- va 1-gidroagregatlar;
    • 2-bosqich – 2021-2022-yillarda – 4- va 2-gidroagregatlar.

    Dastlab, modernizatsiyadan oldin 1- va 2-gidroagregatlarning nominal quvvati 30 MVtdan, 3- va 4-gidroagregatlarning nominal quvvati 33 MVtdan bo‘lgan. Mazkur qurilmalarning eskirganligi sababli mavjud quvvat (1- va 2-gidroagregatlar 22 MVtdan, 3- va 4-gidroagregatlar 30 MVtdan) jami 104 MVtga teng bo‘lgan.

     

     

    Agregatlarga suv sarfi ham 115 m3 (1,2) va 125 m3 (3,4) miqdorda sarflanib, texnik-iqtisodiy jihatdan samaradorlik pasayishiga olib kelgan.

    Taʼkidlash joizki, bugungi kunda modernizatsiya ishlari to‘liq yakuniga yetgan bo‘lib, 1- va 2-gidroagregatlarning nominal quvvati 30,82 MVtga, 3- va 4-gidroagregatlarniki esa 33,3 MVtga yetkazilib, jami 128,2 MVtga yetdi.

    Agregatlarga suv sarfi ham 107,3 m3 (1,2) va 113 m3 (3,4) miqdorda sarflanib, texnik-iqtisodiy jihatdan samaradorlik ko‘rsatkichlarining o‘sishiga xizmat qilmoqda.

    Modernizatsiya davomida OTQ-110/35 kV kommutatsiya qurilmalaridan moyli o‘chirgichlar zamonaviy elegazli o‘chirgichlar bilan almashtirildi. Qayd etish lozimki, avvalgi moyli o‘chirgichlar yong‘in va portlashlarga olib kelganligi sababli, ekspluatatsiya xarajatlarini oshishiga olib kelgan. Elegazli o‘chirgichlar esa 1 kVdan yuqori har qanday kuchlanishlarda ishlashi, o‘chirish-yoqish paytida sodir bo‘ladigan yoysimon olovning yopiq hajmda, ochiq havoga zararsiz o‘chirilishi, nisbatan kichik vazn va hajmga egaligi, yong‘in-portlash xavfining yo‘qligi, tez ishlashi, yuqori o‘chirish qobiliyati, kontaktlarining kam yemirilishi tufayli uzoq ishlashi, ovozsiz ishlashi, ochiq va yopiq qurilmalarda o‘rnatilish imkoniyati, xavfsiz ekspluatatsiyasi hamda uskunalarni ishonchli ishlashini taʼminlashi tufayli samarali hisoblanadi.

    Modernizatsiya ishlari davomida GESning eski 1- va 2-agregatlari yangisiga (100 %) almashtirildi, 3- va 4-agregatlari esa to‘liq modernizatsiya qilindi. Modernizatsiya jarayonida “Silovыye mashinы” AJ tomonidan Rossiyaning Leningrad metallurgiya zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan va qayta modernizatsiya qilingan turbina va generatorlar o‘rnatilib, ekspluatatsiyaga topshirildi.

    Taʼkidlash joizki, yangi agregatlarning eskilaridan asosiy farqi har bir kVt uchun suvning kamroq sarflanishi, boshqaruv va avtomatik tizimining zamonaviyligi, uzoqroq muddatlarda ishlab, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilishi, va eng asosiysi, xavfsiz hamda ishonchli ishlashidir.

    Agar solishtiradigan bo‘lsak, eski transformatorlarda meʼyor bo‘yicha umumiy 180 tonna atrofida moy sig‘imi bo‘lgan bo‘lsa, yangi transformatorlar umumiy 120 tonna atrofida moy sig‘imiga ega. Eski transformatorlarda sizib chiqishlar tufayli har yili moy yo‘qotilishi o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha moy quyilgan. Yangi transformatorlarda esa moy sizib chiqib, yo‘qotilish holatlari yo‘q.

    Moy sarfini tejamkorligi va taʼmirlashlarni kamayishi ham eski transformatorlarga nisbatan yangi transformatorlarni texnik-iqtisodiy jihatdan samarador ekanligini ko‘rsatadi.

    Korxonada energetika qurilmalarining yangilanishi hisobiga ularning xizmat qilish muddati kamida 40 yilga uzayishi kutilmoqda. Bu esa, modernizatsiyadan so‘ng o‘rtacha yiliga 531,2 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, bugungi kunda yiliga 167,3 mlrd. so‘mlik energiya manbai deganidir.

    Bugungi kunda, Yangi O‘zbekiston gidroenergetika tizimida “Farhod GES” o‘ziga xos salohiyatli o‘rinni egallab, elektr energiya ishlab chiqarish, yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda malakasini oshirish borasida tizimdagi ilg‘or GESlar qatorida eʼtirof etilmoqda.

    Mamlakatimiz gidroenergetika sohasining izchil taraqqiyoti elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bilan birga, yangi GESlar qurilayotgan, modernizatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlar joylashgan hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi turmush farovonligining oshishi, xonadonlar obodligi va nurafshonligi, eng muhimi, Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada taraqqiy etishiga muhim hissa qo‘shadi.

    Axborot xizmati 71 241-08-59; 90 950-17-40

    Reklama huquqi asosida.

    05.10.2023, 15:06   Izoh (0)   9146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Click aksiyasida ishtirok etish uchun oxirgi kun

    04.10.2023, 19:30

    Aquaterm ko‘rgazmasi boshlandi: AKFA BUILD innovatsion yechimlarni taqdim etdi va tashrif buyuruvchilarda chinakam qiziqish uyg‘otdi

    04.10.2023, 15:00

    AquathermTashkent 2023 ko‘rgazmasida AKFA Group radiatorlarning dizaynerlik qatorini taqdim etadi

    04.10.2023, 12:00

    Toshkentda Alfraganus universiteti tashabbusi bilan xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda

    04.10.2023, 10:30

    O‘zbekistonda “Beeline Academy” ochildi

    03.10.2023, 19:30

    “Kapitalbank” ATB 4 ta avtomobil va ko‘plab pul mukofotlari o‘yinini o‘tkazmoqda

    03.10.2023, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.