Qashqadaryo viloyatining baland Hisor tog‘liklarida qor yog‘ib o‘tgani aytilmoqda.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti “Hisor” davlat qo‘riqxonasi hududida 2023-yil 28-sentyabr—1-oktyabr kunlari qor yog‘ib, havo harorati pasayib, daryo va buloq suvlari muzlash holatlari kuzatildi.
Bugun “O‘zgidromet”ning Qashqadaryoda joylashgan dengiz sathidan 2 km va undan biroz yuqoridagi “Kul” va “Mingchuqur” kuzatuv punktlarida havo harorati 8-9 daraja iliq kuzatilmoqda.
Izoh (0)