• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 10 yillik konsepsiyasi: maqsad va rejalar, kutilayotgan natijalar

    Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 10 yillik konsepsiyasi haqida maʼlumot berildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maʼlum qilinishicha, 2019-2020-yillar mobaynida suv xo‘jaligi sohasini tartibga soluvchi jami 30 ga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Prezidentning 2020-yil 10-iyuldagi Farmoniga muvofiq tasdiqlangan konsepsiya ular orasida eng muhim hujjatlardan. Konsepsiya sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish va suv xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qator dolzarb vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan.

    Mazkur hujjatda 2030-yilga qadar quyidagi maqsadlar nazarda tutilgan:

    • sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish; Yaʼni, masalan, 1 tonna suv bilan hozir bizning dehqonlarimiz 63 sotix yerni sug‘orayotgan bo‘lsa, yangi texnologiyalarni joriy qilish, suv isrofgarchiligiga chek qo‘yish hisobiga endi 1 tonna suv 73 sotix yerni sug‘orishga yetkaziladi. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlaridan ekanligini, sug‘orilayotgan maydonlar hajmini hisobga olib aytish mumkinki, bu raqam juda katta farqni anglatadi.
    • suv taʼminoti past bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish; Mamlakat qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar ikki xil toifaga ajratiladi. Birinchisi, tabiiy yomg‘ir bilan sug‘oriladigan lalmi yerlar. Ikkinchisi, sunʼiy sug‘orish tarmoqlari orqali suv yetib boradigan yerlar. Barcha meva-sabzavotlar, paxta va g‘alla hosilining asosiy qismi ana shu ikkinchi toifa yerlarda yetishtiriladi. Biroq, ko‘plab sug‘orish tarmoqlari (ariqlar, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari) o‘tgan asrda barpo etilgan bo‘lib, ular dalalarga yetarlicha suv yetkazib bera olmayapti. Natijada, yer yaroqsiz holatga kelib qoladi. Hozirga kelib bunday yerlarning umumiy maydoni 560 ming gektarni tashkil qiladi. Konsepsiyaning ikkinchi maqsadi sug‘orish tarmoqlarini taʼmirlash va yaxshilash evaziga ushbu ko‘rsatkichni 190 ming gektargacha kamaytirishdir. Yana bir muhim jihat shuki, eskirgan sug‘orish tarmoqlari suv yo‘qotishlarining bosh sababchilaridandir. 
    • sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish; Yetarlicha hosil olish uchun sho‘rlangan yer “yaxshi” yerga qaraganda bir necha marta ko‘p sug‘oriladi. Bu esa ortiqcha mehnat, elektr energiyasi, suv ishlatiladi deganidir. Ekologiyaning buzilishi sababli O‘zbekistonda yerlarning sho‘rlanish jarayoni davom etmoqda. 
    • Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi isteʼmolini 25 foizga kamaytirish; Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda eng ko‘p ishlatiladigan resurslardan birinchisi suv bo‘lsa, ikkinchisi nasos stansiyalari tomonidan ishlatiladigan elektr energiyasidir. Suv xo‘jaligi vazirligidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilda sug‘orish maydonlaridagi nasos stansiyalari 4 850,4 milliard so‘mlik elektr energiyasi sarf qilgan. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 41 foiz baland.
    • barcha irrigatsiya tizimi obyektlariga “Aqlli suv” suv o‘lchash va nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish; Hozirga kelib rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalar shiddat bilan kirib kelmoqda. Dronlar, GPS, “aqlli” sug‘orish va o‘g‘itlash texnologiyalari, ekin maydonlarini kompyuter yordamida modellashtirish va monitoring qilish, ob-havo va shamol tahlillari kabi narsalardan allaqachon foydalanishmoqda. Konsepsiyadagi bu maqsad aynan shunga qaratilgan – raqamlashtirish orqali suv sarfini o‘lchash va nazorat qilish.
    • 100 ta yirik suv xo‘jaligi obyektida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; Bunda AQSH, Xitoy, Turkiya, Avstraliya singari xorijiy mamlakatlarning suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha tajribalaridan foydalaniladi.
    • suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilab sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish; Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston bugungi kunda Markaziy Osiyoda 1 o‘rinda, MDH davlatlari orasida 2 o‘rinda, Osiyo davlatlari orasida 4 o‘rinda, dunyoda esa 13 o‘rinda turibdi. Konsepsiyada respublikadagi barcha ekin maydonlari ushbu texnologiyalar bilan qamrab olish maqsad qilingan.
    • suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish.

    Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar belgilangan.

    19.09.2023, 18:26   Izoh (0)   4430
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lada Vesta avtomobili endi O‘zbekistonda yig‘ilishi mumkin

    19.09.2023, 18:11

    Yakkasaroydagi o‘zboshimchalik oqibati: daraxtlar kimyoviy modda bilan quritildi, avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘lakchasi egallab olindi 

    19.09.2023, 17:46

    Yil yakuniga qadar pensiyalar miqdori oshirilishi kutilmoqda. Qancha miqdorda oshirilishi maʼlum qilindi

    19.09.2023, 17:15

    Parlament yig‘ilishida qatnashmayotgan deputatlar nomidan ovoz berildi. Spiker bunga eʼtiroz bildirdi

    19.09.2023, 17:08

    O‘zbekistonda pensionerlar tomonidan talab qilib olinmagan pensiyalarni to‘lash muddatini ikki barobarga uzaytirish taklif qilinmoqda

    19.09.2023, 16:51

    Saida Mirziyoyeva AQSHda ilm-fan va boshqa sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi (foto)

    19.09.2023, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.